Muallif: Shuhrat Rahmonov
Ingliz tilida ko'p uchraydigan sifat + predlog birikmalari
Good at, angry with, pleased about... Bu birikmalarni to'g'ri ishlatish nutqingizni tabiiy qiladi.

Ingliz tilida sifat va predlog birikmalari ko'p uchraydi. Ularni to'g'ri ishlatish nutq va yozuvni tabiiy qiladi.
Bad at (something) — biror narsada yomon bo'lish. Good at (something) — biror narsada yaxshi bo'lish. Surprised at (something) — hayron qolgan.
Pleased about (something) — biror narsadan mamnun. Pleased with (someone) — kimdandir mamnun. Angry about (something) — biror narsadan jahli chiqqan. Angry with (someone) — kimdandir jahli chiqqan.
Disappointed about (something) — biror narsadan hafsalasi pir. Worried about (something/someone) — havotir olgan. Bu birikmalarni yodda tuting va gaplar tuzib mashq qiling.



